"Bornmut" ustozi Amorim va ten Xagni solishtirdi
"Bornmut" bosh murabbiyi Andoni Iraola murabbiylar o‘zgarishidan so‘ng "Manchester Yunayted"ning o‘yini qanday o‘zgarganini aytib berdi.
"Menimcha, "Manchester Yunayted" Amorim davrida o‘zgardi. Hozir jamoa o‘yinni yaxshiroq nazorat qilmoqda, to‘pga ko‘proq egalik qilmoqda, yaxshi tayyorgarlik ko‘rinyapti", - dedi Iraola.
Yakshanba kuni “qizil iblislar” APLning 17-turi doirasida “Bornmut” bilan uy uchrashuvini o‘tkazadi.