Xaverts: "Arsenal" yana bir yoki ikkita gol urishi mumkin edi"
"Arsenal" hujumchisi Kay Xaverts Angliya chempionatining 18-turidan o‘rin olgan "Ipsvich"ga (1:0) qarshi o‘yin natijasini sarhisob qildi.
“Albatta, o‘z uyimizda uch ochko olish ajoyib. Qiyin raqib, uni sindirish qiyin edi. Ularda to‘g‘ri imkoniyat bo‘lmadi, shuning uchun o‘yinni yaxshi nazorat qildik. Hali yana bir yoki ikkita gol urishimiz mumkin edi. Uydagi o‘yinlar biz uchun juda muhim, biz muxlislarning energiyasini his qilyapmiz", - dedi Xaverts.
Ushbu o‘yindan keyin "Arsenal" 36 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa, "Ipsvich" 12 ochko bilan so‘nggi pog‘onaga ko‘tarilib oldi.