Xoland: "Gvardiola har doim yechimlarni topadi"
"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola haqida fikr bildirdi.
Shanba kuni “shaharliklar” mehmonda “Aston Villa”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. “Gvardiola yetti yil ichida olti marta Premyer-ligada g‘olib chiqdi va biz buni hech qachon unutmaymiz.
U yechimlarni topadi. U buni har yili qilgan. Biz hali ham unga ishonamiz. Biz hozir har qachongidan ham ko‘proq ishlashimiz kerak.
Stadionda Gvardiola menga nima deganini bilmayman. Bu kichik tafsilotlar, endi esimda yo‘q. Yana bir o‘yinda mag‘lub bo‘ldik.
Lekin nima qilishim mumkinligi haqida ba’zi ko‘rsatmalar berdi", - dedi Xoland.