Flik "Atletiko"dan uchralgan mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "Atletiko"ga (1:2) qarshi La Liga uchrashuvidagi omadsizlik haqida fikr bildirdi.
"Bugun jamoa aynan men xohlagandek o‘ynadi. Men "Barselona" futbolini shunday ko‘rmoqchiman.
Albatta, natijadan hafsalam pir bo‘ldi. Uchta o‘yinda o‘z maydonida to‘qqiz ochko yo‘qotish oddiy holat emas. Ammo bugungi o‘yin ajoyib bo‘ldi. Men aynan shunday o‘ynashimizni istayman", - deya nemis mutaxassisi so‘zlarini keltirdi Fabrisio Romano.