Flik: "Yamal tezda moslashib ketdi"
Kataloniyaning "Barselona" klubi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "Las-Palmas" bilan o‘yinda (1:2) vinger Lamin Yamalning maydonga qaytishi haqida fikr bildirdi.
"U ikki haftadan so‘ng jamoa bilan mashg‘ulot o‘tkazmay turib, maydonga qaytdi va tezda moslashib ketgani yaxshi.
Albatta, shu haftada u birinchi daqiqalardanoq «Malyorka»ga qarshi bahsda maydonga tushadi", - deya Flikdan iqtibos keltiradi Marca.