Flik: "Noyabr tugagani yaxshi bo‘ldi"
Kataloniyaning "Barselona" klubi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "Malyorka"ga qarshi o‘yin oldidan jurnalistlar savollariga javob berdi.
"Bugungi kun uchun eng yaxshi yangilik noyabr oyining oxiri. So‘nggi o‘yinlarda ko‘plab vaziyatlar yaratmoqdamiz, ammo ulardan foydalanishdagi no‘noqlik bizni tushkunlikka solmoqda. Ha, biz Ispaniyaning eng yosh jamoasimiz, ko‘p narsalarni o‘rganishda davom etishimiz va har bir uchrashuvda g‘alaba uchun kurashishimiz kerak. Himoyada ham, hujumda ham bir bo‘lim bo‘lishimiz kerak", - deya Flikdan iqtibos keltiradi klub matbuot xizmati.
"Barselona" hamon turnir jadvalida birinchi o‘rinni saqlab turibdi.