A seriya. «Milan» Morata va Reyndersning gollari evaziga yirik hisobda g‘alaba qozondi (videosharh)
30 noyabr kuni «Milan» A Seriyaning 14-tur o‘yinida «Empoli»ni o‘z maydonida qabul qilib, 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
Hisobni 19-daqiqada Alvaro Morata ochdi. Keyinchalik, Tijani Reynders ikkinchi bo‘limda dubl qayd etdi va hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.
«Milan» o‘yinda to‘liq ustunlikka ega bo‘lib, ham hujumda, ham himoyada ishonchli harakat qildi. Jamoa murabbiyi Paulu Fonseka g‘alabadan mamnunligini bildirdi, biroq imkoniyatlarni yanada samaraliroq foydalanish zarurligini ta’kidladi.
Mazkur g‘alaba «Milan»ni 22 ochko bilan turnir jadvalida yettinchi o‘ringa olib chiqdi, «Empoli» esa 16 ochko bilan 10-o‘rinda qoldi.
Italiya A seriyasi, 23-tur
Milan – Empoli 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 19 Morata, 2:0 – 44 Reynders, 3:0 – 69 Reynders.
Milan – Menyan, Teo, Tiav, Gabbiya (Pavlovich, 75), Emerson, Reynders, Fofana (Loftus-CHik, 75), Rafael Leau (Kamarda, 84), Pulishich, Musa (Chukvueze, 75), Morata (Abraxam, 81).
Empoli – Vaskes, Viti, Ismayli, Goglichidze (Maryanuchchi, 71), Pessella (Kakache, 46), Male, Andjorin (Espozito, 66), Xenderson, Jasi, Pellegri (Ekong, 75), Kolombo (Solbakken, 46).
Ogohlantirishlar: Fonseka (25), Gabbiya (25), Kolombo (35), Musa (57), Xenderson (67).