"Milan" ustozi jamoaning "Empoli"ga qarshi bo‘lajak o‘yini haqida fikr bildirdi
"Milan" bosh murabbiyi Paulo Fonseka "Empoli"ga qarshi o‘yin arafasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida fikr bildirdi.
"Italiyada ustunlik qilish oson emas, "Empoli"ga qarshi ham, "Atalanta"ga qarshi ham oson emas. Biz muvozanatni istaymiz. "Slovan"ga qarshi o‘yindan keyin ustunlik qilish imkoniyati bor edi", - deydi Fonseka.
Eslatib o‘tamiz, “Milan” – “Empoli” uchrashuvi 30 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.