Myuller: "Keyingi o‘yin haqida o‘ylashimiz kerak"
"Bavariya" hujumchisi Tomas Myuller "Bavariya"ning joriy Bundesligadagi ilk mag‘lubiyati haqida fikr bildirdi.
Vensan Kompani shogirdlari 14-tur doirasida safarda “Mayns”ga imkoniyatni boy berdi (1:2).
"Mayns" yaxshi o‘yin o‘tkazdi, standart vaziyatlar va kichik qoidabuzarliklar bilan bizning vazifamizni juda qiyinlashtirdi - ular buni yaxshi uddalashdi.
O‘ylaymanki, biz unchalik yomon o‘ynamadik, biz katta xohish ko‘rsatdik va shiddat bilan o‘ynadik, ammo futbol gollardan iborat.
Texnik xatolarga yo‘l qo‘ydik va yakkama-yakka vaziyatlarda mag‘lub bo‘ldik. Chuqur himoyalangan, jismonan kuchli raqibga qarshi o‘ynash oson emas.
Endi keyingi o‘yin haqida o‘ylashimiz kerak", - dedi Myuller.