Isak dekabrda sermahsullik ko‘rsatdi
"Nyukasl"ning shvesiyalik hujumchisi Aleksandr Isak aql bovar qilmas formaga kirgan.
Xullas, shanba oqshomida hujumkor o‘yinchi “Ipsvich” darvozasini uch marta ishg‘ol qildi va “zag‘izg‘onlar” mehmonda 4:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Shu tariqa, Isak dekabr oyida o‘zi ishtirok etgan beshta o‘yinda oltita gol urdi. Avvalroq u “Liverpul”, “Brentford” va “Lester” darvozalarini bir martadan ishg‘ol qilgan edi.
U faqat shu hafta Liga kubogi doirasida "Brentford"ga qarshi o‘yinda darvozani ishg‘ol eta olmagan.
Aytgancha, Isak o‘zining xet-trikidan so‘ng 10 ta gol bilan Premyer-liganing joriy mavsumi to‘purarlari reytingida to‘rtinchi o‘rinni egallagan.