"Inter"ning asosiy himoyachisi klubdagi kelajagi bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi
Niderlandiyalik himoyachi Stefan de Vrey "Inter"dagi kelajagi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bu yerda hamma narsadan mamnunman. Agar klub menga yangi shartnoma taklif qilish imkoniyatiga ega bo‘lsa, men bu taklifni qabul qilishim mumkin", - dedi slovakiyalik futbolchi.
De Vreyning Milan klubi bilan amaldagi shartnomasi kelasi yili tugaydi.