Xoland qachon "Manchester Siti"dan ketishi oydinlashdi
"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland 2026 yilning yozida "shaharliklar" safini tark etishi mumkin.
El Nacional xabariga ko‘ra, "Manchester Siti" mashhur hujumchi jamoada uzoq qolmasligini tushunib turibdi.
Klub bosh murabbiyi Xosep Gvardiola norvegiyalik futbolchini "shaharliklar" tomonidan qo‘yib yuborish shartini belgiladi, aniqrog‘i, murabbiy futbolchining 2025/26 yilgi mavsum oxirigacha klubda qolishini ta’kidladi.
Gvardiola bu vaqt ichida klub hujumchiga o‘rinbosar topib olishiga umid qilmoqda.