Xoland omadsizliklardan so‘ng "Manchester Siti"dan ketish haqida o‘ylamoqda
"Manchester Siti"ning 24 yoshli hujumchisi Erling Xoland ingliz jamoasini tark etishi mumkin.
Fichajes portalining xabar berishicha, Erling chempionatni o‘zgartirib, o‘zini boshqa ligada sinab ko‘rmoqchi ekanligini yashirmaydi. "Shaharliklar" futbolchi bilan shartnomani uzaytirib, uni Yevropaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylantirmoqchi, biroq Erlingning o‘zi hamon ikkilanib turibdi. Yevropada uning maoshi va ambisiyalariga mos kelishga tayyor bo‘lgan ikkita jamoa bor - "Real" va "PSJ".
Xoland o‘tgan mavsumda "shaharliklar" safida barcha turnirlarda 45 ta o‘yin o‘tkazib, 35 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. APLning 2024/25 yilgi mavsumida norvegiyalik futbolchi allaqachon 13 ta gol urgan.