Chalhanoglu "Bayer" bilan o‘yin haqida: "Bu stadionga qaytishimdan xursandman"
"Inter" yarim himoyachisi Xoqon Chalxanoglu avvalroq o‘ynagan "Bayer"ga qarshi o‘yindan oldingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Etti yildan so‘ng men bu stadionga birinchi marta qaytaman. "Bayer"da o‘ynaganimda ajoyib his-tuyg‘ularni boshdan kechirdim, sobiq jamoadoshlarim va xodimlarimni yana ko‘rishim mumkinligidan xursandman. Faoliyatimdan mamnunman.
Indzagi va uning murabbiylar shtabiga yangi pozisiyamda nima qila olishimni ko‘rgani uchun rahmat aytishim kerak. Men yaxshiroq bo‘lish uchun borimni beraman. Albatta, bu pozisiyada o‘zimni yaxshi his qilyapman, atrofimni kuchli futbolchilar o‘rab olishdi", — deya Chalxanogludan iqtibos keltiradi UEFA matbuot xizmati.