Zabitser: "Meni qaysi pozisiyaga qo‘yishmasin, bor kuchimni beraman"
Dortmundning "Borussiya" klubining avstriyalik yarim himoyachisi Marsel Zabitser "Shturm"ga qarshi o‘yindan umidlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Men Gratsda tug‘ilganman, u yerda o‘sganman, juda ko‘p ajoyib xotiralarim bor, lekin ertaga biz g‘alaba qozonishni istaymiz.
Mening maydondagi pozisiyam? So‘nggi paytlarda markazda o‘ynayapman, u ajoyib ishlaydi, lekin, tabiiyki, ular meni qayerga qo‘yishmasin, bor kuchimni maydonda beraman", - deya Zabitserning so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.