"Lill" bosh murabbiyi: "Chempionlar ligasidagi har bir o‘yin o‘ziga xosdir"
Fransiyaning “Lill” klubi bosh murabbiyi Bruno Jenezio “Yuventus”ga qarshi o‘yindan oldingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Chempionlar ligasidagi har bir o‘yin o‘ziga xos, ammo natijaga erishish uchun qat’iyat har doim muhim. "Yuventus" ham barcha Italiya jamoalari kabi juda yaxshi tashkil etilgan va unga qarshi o‘ynash qiyin.
Biz Chempionlar ligasida ikkita yirik g‘alabaga erishdik va kurashni to‘xtatmoqchi emasmiz. Jamoa bor kuchini beradi, ajoyib muxlislarimiz futbolchilarga kuch beradi", - deya Jenezio so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
"Lill" - "Yuventus" o‘yini ertaga, 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.