Xoland «Man Siti»ning g‘alabasiz seriyasiga o‘z munosabatini bildirdi
Erling Xoland «Manchester Siti» tushib qolgan vaziyat haqida gapirdi.
Oxirgi 7 ta o‘yinda klub barcha turnirlarda birorta ham g‘alaba qozona olmadi va 6 ta mag‘lubiyatga uchradi.
Yakshanba kuni Pep Gvardiolaning jamoasi APLning 13-turida «Liverpul»ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
24 yoshli norvegiyalik hujumchi 7 ta o‘yinning 6 tasida ishtirok etib, 3 ta gol urgan.
«Biz yaxshi kunlarni ko‘rdik va yana ko‘ramiz. Ishonishda davom etamiz,» - deb yozdi Xoland ijtimoiy tarmoqda.