Flik: «Nima bo‘lganini aniq bilmayman»
«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik «Las-Palmas»ga qarshi o‘yindagi vaziyatni izohladi.
Rafinya Dias jamoani sardorlik bog‘ichi bilan o‘yinga olib chiqdi, ammo u ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushganida uni Frankiye de Yongga berishi kerak edi. Braziliyalik bunday qilmadi - u ilgari «Barselona»da bu odatga rioya qilardi.
«Ochig‘ini aytsam, men buni sezganim yo‘q. Buning hech qanday alohida sababi yo‘q, Germaniyada biz odatda o‘yin davomida sardorlik bog‘ichini almashtirmaymiz. Nima bo‘lganini aniq bilmayman,» - dedi Flik seshanba kuni bo‘lib o‘tadigan «Malyorka» bilan o‘yin arafasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.