Foden joriy mavsum Premyer-ligada antirekordchi hisoblanadi
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Fil Foden faoliyatidagi eng yaxshi davrni o‘tkazmayapti.
24 yoshli futbolchi joriy Angliya Premyer-ligasida 11 ta o‘yin o‘tkazib, birorta ham gol urmadi. Shu bilan birga, Squawka xabariga ko‘ra, Foden boshqa gol urmagan futbolchilar o‘rtasida zarbalar bo‘yicha chempionat peshqadami hisoblanadi. Yulduzli ingliz 24 marta zarba berdi va ulardan atigi uchtasi aniq chiqdi.
Fil Foden so‘nggi mavsumda Premyer-liganing 35 ta uchrashuvida 19 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirgan.