Gvardiola: "O‘zimga achinmayman"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola matbuot anjumanida yomon natijalar tufayli yuzaga kelgan bosim haqida fikr bildirdi.
“Men o‘zimga achinmayman. Hammasi qanday bo‘lsa, shunday. Muxlislar bu yigitlar so‘nggi o‘n yil ichida nima qilganini bilishadi. Ular bizga yordam kerakligini bilishadi. Futbolchilar vaziyatni o‘zgartirish uchun hamma narsani qilishga harakat qilishadi. Biz faqat keyingi o‘yin haqida o‘ylashimiz kerak. Boshqa yo‘lni bilmayman", - dedi Gvardiola.
"Manchester Siti" barcha musobaqalardagi so‘nggi yetti o‘yinda bir marta durang o‘ynadi va oltita mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi.