Van der Vart: "Man Siti" qayta qurishga muhtoj"
"Manchester Siti" inqirozni boshidan kechirmoqda - so‘nggi yetti uchrashuvda jamoa bir marta durang o‘ynadi va oltita mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi.
Rafael van der Vart Pep Gvardiola jamoasining o‘yinlari haqida fikr bildirdi.
"O‘ylashimcha, ular Gvardiola qo‘l ostida ko‘p mavsumlar davomidagi shiddatni yo‘qotdilar. Menimcha, ular juda charchagan.
Buni Kevin De Bryuyne kabi futbolchilarning yuzlarida ko‘rish mumkin. Klub qayta qurishga muhtoj.
Men Pepni ishdan bo‘shatish kerak deb o‘ylaydiganlardan emasman. Men uning murabbiylik usullariga ishonaman, ular transferlarni to‘g‘ri amalga oshirishlari kerak. Gyundogan yozda ularga kerak bo‘lgan futbolchi emas edi”, dedi van der Vart.