Xamann: “Bavariya” Salohni sotib olmoqchi bo‘lsa, hayron bo‘lmayman”
"Bavariya" va "Liverpul"ning sobiq futbolchisi Ditmar Xamann "Enfild" bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan hujumchi Muhammad Saloh haqida fikr bildirdi.
"Agar "Liverpul" Salohga yangi shartnoma taklif qilmasa, u «Bavariya»ga o‘tishiga hayron bo‘lmayman.
Ayni damda ularda vingerlar bor, lekin ular maydonni yoritmayapti. Demak, “Bavariya” Salohni sotib olmoqchi bo‘lsa, hayron bo‘lmayman”, dedi Xamann.