"Inter" "Real"ning sobiq futbolchisiga ko‘z tikdi
"Komo" yarim himoyachisi Nikolas Pas "Inter" e’tiborini tortdi. 20 yoshli futbolchi "Real"dan ketganidan so‘ng Italiyada ilk mavsumini o‘tkazmoqda. Jurnalist Nikolo Shkiraning so‘zlariga ko‘ra, argentinalik futbolchining muvaffaqiyatlarini "Inter" diqqat bilan kuzatib bormoqda.
"Real" istiqbolli hujumkor yarim himoyachini qaytarib sotib olish bo‘yicha birinchi o‘rinda turish huquqini o‘zida saqlab qoladi va agar "Komo" uni boshqa birovga sotsa, "Qirollik klubi" ham transfer summasining 50 foizini oladi.
Nikolas Pas joriy Italiya chempionatida Sesk Fabregas jamoasi safida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.