«Yuventus» sardori uchun kurashga fransuz klubi ham qo‘shildi
Turinning «Yuventus» klubi himoyachisi va sardori Daniloga ikki klub qiziqish bildirmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, 33 yoshli braziliyalik futbolchini qo‘lga kiritish uchun «Napoli»dan tashqari «Marsel» ham kurashadi.
Daniloning amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakunlanadi. Tiago Motta uni rejalariga kiritmagan.