«Yuventus» armanistonlik xavbekni sotib olmoqchi
«Krasnodar» yarim himoyachisi va sardori Eduard Spersyan Italiyaning «Yuventus» klubiga o‘tishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, 24 yoshli armanistonlikni turinliklar qishda sotib olmoqchi.
Bundan tashqari, avvalroq xabar qilinganidek, Spersyan xizmatlariga Fransiyaning «PSJ» klubi ham qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumda Spersyan barcha turnirlarni hisobga olgan holda 25 ta o‘yinda qatnashib, oltita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.