"Barselona" aksiyadorlari Laportani umrbod futboldan chetlatishini talab qildi
"Barselona"ning bir qator aksiyadorlari Joan Laportaning umrbod diskvalifikasiya qilinishini talab qildi.
Diario Sport nashri xabariga ko‘ra, Kataloniya klubining bir guruh aksiyadorlari o‘zlarini "mustaqil" deb atagan holda klub intizom komissiyasiga prezident Joan Laporta va "Barselona" boshqaruvi a’zolari - xususan, Rafa Yuste va Yelena Fort ustidan shikoyat yuborgan.
Bunga Dani Olmo va Pau Viktorni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq muammolar sabab bo‘lgan, bu esa aksiyadorlar xabariga ko‘ra, moddiy va obro‘siga putur yetkazgan, shuningdek, klub mablag‘larining noto‘g‘ri sarflanishi haqida gapirgan.
Maktubda aksiyadorlar Laporta va direktorlar kengashi a’zolarini klubda rahbarlik lavozimlarida ishlashdan umrbod chetlatish yoki klubdan chetlatish va iqtisodiy zararni to‘lashni talab qilishgan. Aks holda, da’vogarlar Kataloniya futbol federasiyasi va Kataloniya sport sudiga murojaat qilishga tayyor.