Muxolifat Joan Laportaning zudlik bilan iste’foga chiqishini talab qilmoqda
"Barselona" rahbariyati tarkibidagi muxolif guruhlar prezident Joan Laporta va uning direktorlar kengashini zudlik bilan iste’foga chiqishga chaqirdi. Tegishli bayonotni klubga aloqador 10 ta guruh, platforma va assosiasiyalar e’lon qildi.
Agar Laporta ularning talablarini qabul qilishdan bosh tortsa, muxolifat prezidentga ishonchsizlik votumini qabul qilishi mumkin.
Bunday qarorning asosiy sabablaridan biri klub yarim himoyachisi Daniel Olmo va hujumchi Pau Viktorning ro‘yxatdan o‘tkazilmagani, shuningdek, Nike bilan shartnomani uzaytirish jarayonidir.