Konseysauning Pioli va Fonsekadan farqli bir jihati bor...
Yangi jamoada ilk o‘yinidayoq sovrin yutgan holatlar ko‘p. Masalan Benites «Inter»ga kelishi bilan Italiya Superkubogini, Gvardiola «Bavariya» bilan Yevropa Superkubogini yutgan. Mourinyo va Moyes Manchesterdagi faoliyatini Angliyadagi shunaqa kubok bilan boshlashgan. Eslaganlarim shu.
Ammo Konsensauning «Milan»dagi yutug‘i sal boshqacha. Yuqorida sanalgan murabbiylar mavsumlar oralig‘ida, yozda chempion jamoani qabul qilib olishgan. Yoz bo‘yi tayyorgarliklar, nazorat o‘yinlari, transferlar amalga oshirilgan. Va mavsumdagi ilk rasmiy o‘yin o‘sha Superkubok finaliga to‘g‘ri kelgan. Konseysau esa mavsum o‘rtasida, muvaffaqiyatsiz ketayotgan jamoani qabul qilib olib, ilk o‘yindayoq «Yuventus»ni, keyin «Inter»ni, ikkisini ham kambek bilan yutib, sovrin olyapti. Bu boshqacha natija.
Konseysauda Piolidaqa tajriba, Fonsekadaqa taktik bilimlar bo‘lmasligi mumkin, ammo ularda yo‘q boshqa nimadir bor. Xarizma.