"Bavariya" "Xoffenxaym" yarim himoyachisiga 2030 yilgacha shartnoma taklif qildi
"Bavariya" "Xoffenxaym"ning markaziy yarim himoyachisi Tom Bishofga uzoq muddatli shartnoma taklif qildi, deb xabar beradi jurnalist Florian Plettenberg.
Frankfurtning "Ayntraxt" klubi ham Tom bilan muzokara olib bormoqda va unga 2030 yilgacha shartnoma taklif qilmoqda.
Bishof - "Xoffenxaym" yoshlar tizimining tarbiyalanuvchisi. Uning shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi va klub futbolchi erkin agent sifatida ketmasligi uchun uni uzaytirmoqchi.