Kempbell: "Keyn – ingliz futbolining aql bovar qilmas elchisi"
Sol Kempbell Xarri Keyn chempionlikni qo‘lga kiritishiga umid qilmoqda.
Angliyalik futbolchi hozirda "Bavariya"da o‘ynaydi. Faoliyati davomida hali biror marta ham chempion bo‘lmagan.
"U bunga loyiq. Xarri ingliz futbolining aql bovar qilmas elchisi va g‘alaba qozonish uchun qiziqarli joyga, Germaniyaga yo‘l oldi.
Agar kutilmagan voqea sodir bo‘lmasa, u biror narsani yutishi kerak - chempionlik unvonini.
U hozir 31 yoshda, shuning uchun endi uning nimadir yutish vaqti keldi.
Umid qilamanki, u keyinroq yana bir nechta chempionlikni qo‘lga kiritadi", dedi sobiq futbolchi Sol Kempbell.