Londonda Keynga haykal o‘rnatildi(foto)
Bugun, 18 noyabr kuni Londonda Angliya terma jamoasi va “Bavariya” klubining 31 yoshli hujumchisi Xarri Keyn sharafiga o‘rnatilgan haykal ochildi.
Haykalning ochilishi Londondagi mashg‘ulotlar markazlaridan biri yaqinida bo‘lib o‘tdi, u yerda Keyn 6 yoshli bolaligida futbolchilik faoliyatini boshlagan.
"Ushbu yodgorlik ochilishi bilan futbol hayotim boshlangan joyga qaytish - chinakam sharaf. Umid qilamanki, bu kelajak avlodni mehnatkashlikka va o‘ziga ishonishga ilhomlantiradi", - deb yozdi Xarri Keyn ijtimoiy tarmoqda.
Xarri Keyn Angliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lib, "uch sherlar" safida 103 o‘yinda 69 ta gol urgan.