Keyn "Oltin to‘p"ni yutish imkoniyatlarini baholadi
"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritish imkoniyatlari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Angliyalik o‘zini nufuzli individual mukofotga munosib nomzod deb bilishini tan oldi.
"Albatta, men "Oltin to‘p" haqida o‘ylayman. Va nega men bunga ishonganimni aytmasligim kerak? O‘ylaymanki, o‘yinim meni munosib nomzodga aylantiradi. An’anaga ko‘ra yirik sovrinlar uchun kurashadigan "Bavariya" va Angliya terma jamoasida o‘ynab, rivojlanishda davom etaman. Chempionlar ligasida g‘alaba qozona olsak, nega men "Oltin to‘p"ni yutmasligim kerak? Men bu mukofotni bolaligimdan orzu qilardim, Messi va Ronaldu davrida esa u yanada obro‘li bo‘lib ketdi", - dedi Keyn L’Equipe nashriga bergan intervyusida.