“CHelsi” futbolchisini qo‘yib yuborishga tayyor
Londonning “Chelsi” klubi futbolchisi Karni Chukvuemekaga Dortmundning “Borussiya” klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabar bergan edik.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Karni joriy transfer oynasida London klubini tark etadi. Londonliklar uni Germaniyaga qo‘yib yuborishga tayyor, garchi shartnomaning moliyaviy shartlari hozircha oshkor etilmagan.
Nemis jurnalisti Florian Pattenbergning yozishicha, kelishuvga “Borussiya” ustozi Nuri Shahin katta qiziqish bildirmoqda.
Hozircha gap futbolchini ijaraga berish haqida bo‘ladi.