Potter: "Uch ochko fidokorona o‘yin ortidan keldi"
"Vest Xem Yunayted" bosh murabbiyi Grem Potter Angliya premyer-ligasining 21-turidan o‘rin olgan "Fulxem"ga qarshi o‘yin (3:2) haqida gapirdi.
Bu g‘alaba Potter uchun "Vest Xem" bosh murabbiyi sifatidagi birinchi g‘alaba bo‘ldi.
“Men o‘zimni juda yaxshi his qilyapman, albatta. Uch ochko fidokorona o‘yin ortidan keldi. Albatta, bu mukammal emas edi, lekin munosabat, harakat va kurashishga tayyorlik hissini ko‘rdim.
Bu biz qurishimiz mumkin bo‘lgan ajoyib poydevordir. Biz ko‘p narsani yaxshilashimiz mumkin, ammo men uch ochkodan mamnunman", - deya Potterning so‘zlarini keltiradi «Vest Xem» rasmiy sayti.