Potter Premyer-liga klubini boshqarishga tayyor
Grem Potter yaqin kelajakda murabbiylikka qaytishi mumkin. 49 yoshli mutaxassis agar klub Xulen Lopetegi bilan xayrlashishga qaror qilsa, "Vest Xem"ni boshqarishga tayyor.
Shu bilan birga, ta’kidlanishicha, Potter "Vest Xem"ni doimiy emas, mavsum oxirigacha vaqtinchalik boshqarishi mumkin.
“Vest Xem”ning dushanba kuni “Vulverxempton” ustidan qozonilgan g‘alabasidan (2:1) so‘ng Xulen Lopetegiga nisbatan bosim pasayganini aytish kerak.