"Vest Xem" Lopetegini haydab yuborish bilan tahdid qilmoqda
"Vest Xem" bosh murabbiy Xulen Lopetegini, agar natijalar yaxshilanmasa, iste’foga chiqarilishi haqida ogohlantirdi.
O‘tgan shanba kuni jamoa "Nottingem Forest"ga 3:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi va ayni paytda "Vest Xem" Premyer-ligada atigi 14-o‘rinni egallab turibdi.
Ikki hafta oldin "Vest Xem" "Tottenxem"dan 4:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.
"Vest Xem" kelasi shanba kuni o‘z uyida "Everton"ni qabul qiladi. Jamoa APL turnir jadvalining quyi qismida joylashgan va Lopetegi o‘yin oldidan katta bosim ostida qolgan.
The Times nashri xabariga ko‘ra, Lopetegiga klub jadvaldagi hozirgi mavqeini barqaror emas deb bilishi va agar Xulen buni tez orada tuzatmasa, uning o‘rnini boshqasi egallashi haqida ogohlantirilgan.
Lopetegi o‘tgan yozda "Vest Xem"ni qabul qilib olgandi. "Bolg‘achilar" o‘yin uslubini yaxshilash umidida David Moyesning o‘rniga Xulenni olib kelishdi va ispaniyalik mutaxassis uchun kuchli transfer kampaniyasini olib borishdi, ammo sarmoya hozircha o‘zini oqlamadi.