"PSJ"ning sobiq bosh murabbiyi Premyer-liga klubiga kelishi kutilyapti
"Vest Xem" rahbariyati bosh murabbiy Xulen Lopetegining kelajagini hali ham muhokama qilmoqda.
Foot Mercato ma’lumotlariga ko‘ra, "Vest Xem"dan jamoa menejeri lavozimiga bir nechta taniqli murabbiylarni tayinlash imkoniyatini ko‘rib chiqish so‘ralgan. Ular orasida Kristof GaltYE, Maurisio Sarri va Massimiliano Allegri bor.
Hozirda Qatarning “Al-Duhail” klubida ishlayotgan 58 yoshli Galtye va ikki italiyalik mutaxassis London klubini boshqarishga tayyor. Lopetegi hozir jamoasining so‘nggi o‘yinlardagi ko‘ngilsiz natijalari tufayli iste’foga chiqarilishi xavfi ostida, biroq u keyingi o‘yingacha klubni boshqaradi, shundan so‘ng uning taqdiri hal bo‘ladi.
2022/23 yilgi mavsumda Kristof Galtye "PSJ" bilan ishlagan va fransuz klubi bilan Liga 1 chempionligini qo‘lga kiritgandi.