Dibalaning yangi shartnomasi shartlari ma’lum bo‘ldi
"Roma" hujumchi Paulo Dibalaning shartnomasini uzaytirmoqchi.
Argentinalik futbolchiga "Galatasaroy" qiziqish bildirgan edi, ammo u qolishni ma’qul ko‘rdi.
31 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 6 oydan keyin tugaydi, ammo "Roma" forvard bilan xayrlashmoqchi emas.
Jurnalist Nikolo Skira xabariga ko‘ra, futbolchiga 2027 yilning yoziga qadar shartnoma taklif qilingan, unda tovon puli to‘lash bandi yo‘q.