"Real" futbolchisi Ispaniya kubogining navbatdagi bahsini o‘tkazib yuboradi
Eduardo Kamavinga Ispaniya kubogi doirasidagi "Selta"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin.
"Real Madrid" yarim himoyachisi gripp bilan kasal bo‘lib qoldi, shu sababli u "Real Madrid"ning bugungi mashg‘ulotini o‘tkazib yubordi.
"Real Madrid" va "Selta" o‘rtasidagi Ispaniya kubogi 1/8 final uchrashuvi 16 yanvar, payshanba kuni bo‘lib o‘tadi.