Reysni klubi yaqin orada qo‘yib yubormoqchi emas
Vitor Reys "Manchester Siti"ga o‘tdi.
Ingliz klubi "Palmeyras" bilan 18 yoshli himoyachining transferi bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishdi, deb xabar beradi Janluka Di Marsio. Kelishuv “shaharliklar”ga 35 million yevroga tushdi.
Ben Jeykobsning qo‘shimcha qilishicha, "shaharliklar" hozirda Reysni tarkibda ko‘rishni istaydi, vaholanki, Braziliya klubi uni klublar o‘rtasidagi jahon chempionatigacha olib qolishni rejalashtirgan edi.
Eslatib o‘tamiz, KO‘JCH 15 iyundan 13 iyulga qadar bo‘lib o‘tadi.