"Bavariya" qishda hujumchi sotib olishni rejalashtirmayapti
"Bavariya" sport direktori Kristof Froyndning aytishicha, Myunxen klubi Xarri Keyn jarohatidan so‘ng qishki transfer oynasida hujumchi sotib olishni rejalashtirmayapti.
"Biz o‘z jamoamizga to‘liq ishonamiz. Albatta, Xarri alohida o‘yinchi va uni almashtirib bo‘lmaydi. Ammo biz boshqa Keyn bilan shartnoma imzolashga qurbimiz yetmaydi. Murabbiyimiz aytganidek, bizda variantlar ko‘p, hujumda o‘yinchilarning yaxshi tanlovi bor", - dedi Froynd.
OAV xabarlariga ko‘ra, 31 yoshli hujumchining tiklanishi ikki haftaga cho‘zilishi mumkin.