Mikautadze o‘g‘rilar hujumiga uchradi
“Lion” hujumchisi Jorj Mikautadze qurolli talonchilikka uchradi.
Xabariga ko‘ra, voqea yakshanba kuni Mikautadzening uyi yaqinida, futbolchi Liga 1 doirasidagi "Nissa"ga (4:1) qarshi o‘yindan qaytayotganda sodir bo‘lgan. Ikki jinoyatchi "Lion" hujumchisiga yaqinlashib, unga tahdid qila boshlagan.
Qayd etilishicha, o‘g‘rilar Mikautadzening soati va boshqa qimmatbaho buyumlarini olib ketishgan, shundan so‘ng ular jinoyat joyidan qochib ketishgan, voqea natijasida futbolchining o‘zi jabrlanmagan.
Zararning umumiy miqdori 150 dan 200 ming yevrogacha bo‘lgan. Hozirda polisiya jinoyatchilarni qidirmoqda.