Karrager: "Agar Trent qolsa, afsonaga aylanadi"
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Jeymi Karrager mersisaydliklar qanot himoyachisi Trent Aleksandr-Arnoldning kelajagi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Trent – "Liverpul" tarbiyalanuvchisi. Agar u klubdan tekinga ketsa, bu yoqimsiz holat bo‘ladi. Agar u jamoada qolsa, u jamoaning eng yaxshi futbolchilaridan biri sifatida yodda qoladi. U Stiven Jerrarddan bir oz pastroq bo‘ladi", - deydi futbol eksperti.
Avvalroq matbuotda 26 yoshli futbolchi faoliyatini "Real"da davom ettirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Aleksandr-Arnold 2016 yilning yozidan buyon "Liverpul"da o‘ynamoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2025 yilning iyul oyi oxirida yakuniga yetadi.