Saloh: "Men qattiq ishlashda davom etaman"
"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh joriy mavsumdagi o‘yiniga baho berdi. Shuningdek, u "Tottenxem" bilan o‘yin (3:6) haqida gapirdi.
"Rekodrlar? Men faqat qattiq ishlashda davom etaman! Biz hujumda juda yaxshi ko‘rindik. Himoyada yaxshiroq o‘ynashimiz kerak. Har bir o‘yinda uchta gol o‘tkazib bo‘lmaydi. Virjil buni mendan ko‘ra yaxshiroq biladi", - deydi futbolchi.
Saloh joriy mavsumda APLda 16 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning hisobida 15 ta gol va 11 ta golli uzatma bor.