Frenki de Yong bor kuchi bilan shug‘ullanmayapti
"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong jarohati oqibatlaridan hamon azob chekmoqda.
To‘pig‘idagi muammolar tufayli niderlandiyalik futbolchi apreldan oktyabrgacha maydonga tushmadi. Futbolchi safga qaytganiga ikki oy o‘tdi, ammo u hali ham mashg‘ulotlarda ham, o‘yinlarda ham 100 borini bera olmayapti, deya xabar beradi jurnalist Migel Riko. Gap shundaki, de Yong hali ham og‘riqdan azob chekmoqda va yana jarohat olishdan qo‘rqadi. Vaziyat yaxshilanmaguncha futbolchining asosiy tarkibdagi o‘rnini qaytarib olishi qiyin bo‘ladi.
Frenkie de Yong bu mavsumda "Barselona"ning o‘nta o‘yinida qatnashdi, lekin faqat ikki marta asosiy tarkibda maydonga tushdi.