Ikardini "Tottenxem"ga qarshi o‘yinda maydondan zambilda olib chiqib ketishdi
Kecha, 7 noyabr kuni Yevropa Ligasi umumiy bosqichining 4-tur uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda "Galatasaroy" va "Tottenxem" jamoalari to‘qnash kelishdi. O‘yin Istanbuldagi "RAMC Park" stadionida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv 3:2 hisobida turk grandlari foydasiga hal bo‘ldi. Uchrashuv yakunida mezbonlar hujumchisi Mauro Ikardi jarohat oldi.
Argentinalik futbolchi "Tottenxem" darvozaboni Freyzer Forster bilan to‘qnashib ketdi, shundan so‘ng u maydonga yiqilib, o‘yinni davom ettira olmadi. Shifokorlar maydonga tushishiga to‘g‘ri keldi, hujumchi o‘yinni davom ettira olmadi va o‘yinning 85-daqiqasida uning o‘rnini Mishi Batshuayi egalladi. Argentinalik futbolchi o‘z o‘rnidan turolmadi va yakunda uni zambilda olib ketishdi, Ikardining o‘zi esa tizzasini ushlab yig‘lab yubordi.