"MYU" futbolchisini zambilda maydondan olib chiqib ketishdi
"Fenerbaxche" - "Manchester Yunayted" uchrashuvida Antoni maydondan zambilda olib ketildi.
Braziliya terma jamoasining 24 yoshli yarim himoyachisi Yevropa ligasi umumiy bosqichi 3-tur uchrashuvida (1:1) 73-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
87-daqiqada Antoni boshqa o‘ynay olmasligini va uni almashtirish kerakligini ko‘rsatdi. Keyin chap oyog‘ini ushlab, maydonga yotdi va yig‘lay boshladi. Braziliyalik futbolchining jamoadoshlari uni olqishlashdi.
89-daqiqada Antoni maydondan zambilda olib ketildi. Uning o‘rniga Amad Diallo o‘yinga kirdi.
Bu Antoni uchun mavsumdagi 5-uchrashuvi bo‘ldi, u 1 ta gol urdi.