Antoni «Manchester Yunayted» bilan muzokara o‘tkazmoqchi
Qanot hujumchisi Antoni «Manchester Yunayted»dagi holatidan norozi. 2024/2025 yilgi mavsumda braziliyalik atigi beshta o‘yinda qatnashgan va faqat bir marta asosiy tarkibda maydonga tushgan. «Transfer News Live» nashrining «UtdDistrict» tayanib xabar berishicha, Antoni norozilik tufayli klub bilan muzokaralar olib bormoqchi. Futbolchi «Old Trafford»da uning istiqbollari qanday ekanini tushunmoqchi.
Agar 24 yoshli Antoni yaqin kelajakda vaziyat yaxshi tomonga o‘zgarmasa, u o‘zining klubini o‘zgartirishga harakat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil yozi oxirida «Manchester Yunayted» Antoni transferi uchun 95 million yevro to‘lagan edi.