Osimxen "Tottenxem"ga dubl qayd etganidan so‘ng kelajagi haqida gapirdi
"Galatasaroy" va Nigeriya terma jamoasi hujumchisi Viktor Osimxen Yevropa ligasi doirasidagi o‘yinda (3:2) "Tottenxem" darvozasiga dubl qayd etganidan so‘ng o‘z kelajagi haqida gapirdi.
"Yanvar oyida ketmayman, mavsum oxirigacha "Galatasaroy"da bo‘laman. "Galatasaroy" va "Napoli" bu mavsumdan keyin nima qilishlarini bilmayman, lekin ular mening oldimga kelishsa, hammasini muhokama qilamiz. "Galatasaroy" - yaxshi klub, menga juda yoqadi. Men bu yerda baxtiyorman," - deya Osimxendan iqtibos keltiradi ijtimoiy tarmoqlarda jurnalist Yag‘iz Subuncho‘g‘li.