Gvardiola Savioning jarohati haqidagi savolga javob berdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola vinger Savioning holati haqidagi savolga javob berdi.
20 yoshli braziliyalik futbolchi chorshanba kuni "Tottenxem"ga qarshi Liga Kubogining ikkinchi bo‘limida (1:2) jarohat oldi. Futbolchini maydondan zambilda olib ketishdi.
"Savio jarohat oldimi? Xa, oyoq suyagidan. Umid qilamanki, xavfli narsa yo‘q. Buni ertaga bilib olamiz", - dedi Gvardiola o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.